Bugun “Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchun apellyatsiya berish yakunlanadi

14:05 21 Yanvar 2026 Jamiyat
205 0

Bugun, 21-yanvar kuni “Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchun apellyatsiya berish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Avvalroq, “Yil oʻqituvchisi” tanlovida ishtirok etayotgan pedagoglar tegishli platforma orqali birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va oʻrin) bilan tanishishlari, shuningdek, oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizom talablariga koʻra, mazkur arizalarni berish muddati 3 (uch) ish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan, arizalarni yuborish bugun, 21-yanvar kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Maʼlumot uchun, mazkur ariza (shikoyat)lar roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 (oʻn besh) ish kunida koʻrib chiqiladi hamda natijasi mazkur muddat davomida pedagoglarning “pedagog.uzedu.uz” platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?