Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionati saralashidagi ishtirokini boshlaydi

Bugun Osiyo qitʼasi boʻylab kelgusi yil Indoneziyada boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Osiyo chempionati musobaqasining saralash oʻyinlari start oladi.
Nodir Eliboyev boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham bugun saralashdagi ishtirokini boshlaydi. Dastlabki raqibimiz – Falastin terma jamoasi.
Ushbu jamoa haqida maʼlumot berib oʻtamiz.
Futzal boʻyicha Falastin terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 119-oʻrinda bormoqda. Jamoa Falastin futbol assotsiatsiyasi tasarrufida faoliyat yuritadi.
Falastin futzal terma jamoasi ilk rasmiy uchrashuvini 1998-yilning 6-dekabr sanasida Misr terma jamoasiga qarshi oʻtkazib, 5:9 hisobiga imkoniyatni boy bergan. Falastinliklarning xalqaro maydonlardagi eng yirik hisobli gʻalabasi 2005-yilning 28-may sanasida Guamga qarshi oʻyinda qayd etilgan – 14:0. Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati esa – 1:19. Falastinliklar 2012-yilning 29-aprel sanasida Eron terma jamoasiga shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.
Falastin terma jamoasi Jahon chempionati bahslariga chiqmagan. Osiyo kubogi musobaqasi saralash bahslarida 1999-yildan ishtirok etib kelayotgan boʻlsa, 3-marta final bosqichiga yoʻllanma olgan. 2001-yilgi Osiyo kubogida Falastin terma jamoasi chorak finalgacha yetib borgan. 2003 hamda 2005-yilgi Osiyo kuboklarida guruh oʻyinlari bilan kifoyalangan. 2006-yildan buyon esa 10 ta Osiyo kubogining saralash bahslaridan oʻta olmagan.
Oʻzbekiston va Falastin terma jamoalarining yoʻli Osiyo kubogi final bosqichida bir marta kesishgan. 2005-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi oʻyinda Oʻzbekiston raqibni yirik – 9:1 hisobi bilan magʻlubiyatga uchratgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kuboklarida 17-marta ishtirok etib, 91 ta oʻyinda maydonga chiqqan: 60 gʻalaba, 8 durang, 23 magʻlubiyat. Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqi – 379:226, +153. 188 ochko jamgʻarilgan.
Falastin terma jamoasi Osiyo kuboklarida 3-marta ishtirok etib, 15 ta oʻyinda maydonga chiqqan: 9 ta gʻalaba, 6 ta magʻlubiyat. Toʻplar farqi – 101:70, +31. Jamgʻarilgan ochkolar – 27 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring