Bugun Bolgariyada boks boʻyicha anʼanaviy “Stranja” turniri start oladi 

13:16 20 Fevral 2023 Sport
671 0

“Kichik jahon chempionati” deya nom olgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. 

Bugun musobaqaning ilk kunida 7 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida dastlabki jangini oʻtkazadi. Juftliklar quyidagicha:

Kunduzgi dastur:

-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Naim Fey (Irlandiya)

-51 kg: Asilbek Jalilov – Gumush Samet (Turkiya)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Artur Tiniyev (Yevropa boks konfederatsiyasi)

-67 kg: Behzod Hamidov – Pavel Fedorov (Serbiya)

-71 kg: Iqboljon Xoldorov – Vanderson de Oliveyra (Braziliya)

-71 kg: Saidjamshid Jaʼfarov – Kapuler Miroslav (Isroil)

Kechki dastur:

-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Karmen Ortega (Ispaniya)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?