Bugun ayollar kurashi boʻyicha Osiyo chempionatiga start beriladi
Ayni kunlarda Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtayotganidan xabaringiz bor.
Bugun qitʼa chempionati doirasida ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar boshlanadi. Ushbu yoʻnalishda ishtirokchilarning kamligi bois deyarli barcha vazn toifalarida bahslar aylana tizimda oʻtkaziladi. Yaʼni, gʻolib kurashchilarning oʻzaro bellashuvi yakunida aniqlanadi.
Musobaqaning bugungi dasturida besh nafar kurashchi qizimiz Osiyo chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi.
Quyida Osiyo chempionatida gʻoliblik uchun gilamga tushadigan qizlarimiz bilan tanishing:
-50 kg: Jasmina Immayeva (Oʻzbekiston), Namuntseseg Tsund Ochir (Moʻgʻuliston), Remina Yoshimoto (Yaponiya), Miran Cheon (J.Koreya);
-55 kg: Sardinaz Jiyenbayeva (Oʻzbekiston), Altin Shagayeva (Qozogʻiston), Umi Imai (Yaponiya), Otgonjargal Ganbatar (Moʻgʻuliston), Sushma Shokin (Hindiston);
-59 kg: Dilfuza Aimbetova (Oʻzbekiston), Sarita Sarita (Hindiston), Sara Natami (Yaponiya), Diana Kayumova (Qozogʻiston), Shuvdor Bataryav (Moʻgʻuliston);
-68 kg: Azoda Esbergenova (Oʻzbekiston), Dalgerma Enxsayxan (Moʻgʻuliston), Naruxa Matsuyuki (Yaponiya), Sonika Xuda (Yaponiya);
-76 kg: Valentina Toreniyazova (Oʻzbekiston), Gulmaral Yerkebayeva (Qozogʻiston), Ariunjargal Ganbat (Moʻgʻuliston).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring