“Budapesht – 2024”: Isroil taslim etildi. Keyingi raqibimiz Ukraina
Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. Amaldagi chempion Oʻzbekiston terma jamoasi ham turnirdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
6-tur doirasida Oʻzbekiston erkaklar jamoasi Isroil termasini qabul qildi. Shaxmatchi qizlarimiz esa Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi dona surdi.
Javohir Sindorov birinchi boʻlib, bitta yurishli katta xatoga yoʻl qoʻydi va bahsda magʻlubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan, jamoamiz iroda koʻrsatib, dastlab, Nodirbek Yakubboyev, soʻngra Nodirbek Abdusattorov ketma-ket gʻalaba qozondi. Soʻnggi taxtadagi jangda esa Shamsiddin Vohidov durangga rozi boʻldi. Agarda yuqori taxtalarda gʻalaba boʻlmaganda Shamsiddin ham gʻalaba qozonish uchun oxirigacha borishi mumkin edi.
Oʻzbekistonlik qizlar Niderlandiya bilan murosasiz kechgan uchrashuvda durang qayd etdi. Aytish kerakki, yuqori taxtalardagi duranglar va Umida Omonovaning magʻlubiyati jamoani ogʻir ahvolga solgan edi, ammo Nodira Nodirjonova jamoani qutqarib qoldi.
Erkaklar:
Oʻzbekiston — Isroil 2,5 : 1,5
Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn 1:0;
Nodirbek Yakubboyev — Ido Gorshteyn 1:0;
Javohir Sindorov —Tamir Nabati 0:1;
Shamsiddin Vohidov — Ilya Smirin 0,5 : 0,5.
Ayollar:
Oʻzbekiston — Niderlandiya 2:2
Afruza Hamdamova — Eline Royebers 0,5 : 0,5;
Nilufar Yakubboyeva — Jaokin Peng 0,5 : 0,5;
Umida Omonova — Machteld Van Foreyest 0:1;
Nodira Nodirjonova — Anna-Maya Kazaryan 1:0.
6-turdan soʻng Oʻzbekiston erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 10 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda. Qizlar jamoasi esa 9 ochko toʻplab 170 davlat ichida 15-oʻrinda bormoqda.
Musobaqa ertadan yana boshlanadi, bugun esa dam olish kuni. Ertaga yigitlar jamoasi Ukraina jamoasi bilan oʻynasa, qizlarimiz Gretsiyaga qarshi dona suradi.
Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring