Karmanada oʻqituvchilar hokimlikka “majlisbozlik”ka chaqirildi: Vazirlik holatni oʻrganmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumani hokimligi binosida maktab oʻqituvchilari ishtirokida majburiy yigʻilish oʻtkazilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, oʻrganish ishlari boshlanganini maʼlum qildi.
Hokimlik tomonidan taʼlim sifati pastligi va OTMga kirish koʻrsatkichlari tanqid qilingan boʻlsa-da, raqamlar buning aksini koʻrsatmoqda. 2025-yilda 9-maktab bitiruvchilarining 61 foizi talaba boʻlgan (tuman boʻyicha 6-oʻrin). 98,7 ballni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 8 ballga oshgan. 39 nafar bitiruvchining 38 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.
Vazirlik “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini eslatib oʻtdi:
- Pedagogning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasida.
- Pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish va uni kasbiga aloqador boʻlmagan ishlarga (jumladan, majburiy yigʻilishlarga) jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mansabdor shaxslarning oʻqituvchilar faoliyatiga noqonuniy aralashishini qattiq qoralashini bildirdi. Pedagoglarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring