Tramp Eron kelishuvga rozi boʻlish istagida ekanini daʼvo qilmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron rasmiylari Qoʻshma Shtatlar bilan tinchlik shartnomasini tuzishga tayyorligini, biroq uning shartlari Vashingtonni qoniqtirmayotganini daʼvo qilmoqda. Tegishli post “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
“Yolgʻonchi OAV AQSH qurolli kuchlarining Eronga qarshi qanchalik muvaffaqiyatli harakat qilayotgani haqida xabar berishni istamayapti. Eron toʻliq tor-mor etilgan va kelishuv tuzishni xohlaydi, lekin men rozi boʻladigan darajadagi shartlar bilan emas“, — deb yozdi Amerika yetakchisi.
Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Zarbalar ostida Eronning yirik shaharlari, jumladan, Tehron ham qoldi.
Oq uy ushbu hujumni Tehrondan kelayotgan raketa va yadroviy tahdidlar bilan asoslagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring