Bu kitoblarni eng chekka qishloqlarda yashovchi foydalanuvchilarimiz ham o‘qishadi
Foto: Xalq so'zi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot – kutubxona markazi boy tarixga ega. Ayni paytda bu maskan umumiy fondida jami 292211 ta axborot resursi mavjud. Shuning 246 mingdan ziyodini kitoblar tashkil etadi.
- “Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo‘lib qoladi”, degan edi taniqli rus yozuvchisi Anton Chexov, - deydi axborot – kutubxona markazi direktori Nasiba Aminova. -Darhaqiqat, kutubxonalar insoniyat ma’naviy boyligining bebaho durdonalari sanaladi. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, jumladan tib ilmining sultoni sanalgan Abu Ali ibn Sino ham kitob mutolaasi orqali, o‘qib – o‘rganish evaziga kamolotga erishgan. Shu nuqtai nazardan kuni kecha respublikamizning yetakchi nashri sanalgan “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati tomonidan markazimizga kitoblar tuhfa qilingani ayni muddao bo‘ldi. Biz bundan benihoya minnatdormiz. ”Kitob haftaligi” doirasida hadya etilgan bu adabiyotlarni viloyatimizning barcha shahar va tuman kutubxonalariga ham yetkazdik. Ishonchim komil – ularni eng chekka qishloqlarda yashovchi foydalanuvchilar ham o‘qib, ma’naviy ozuqa olishadi.
Aytish joizki, birgina viloyat axborot – kutubxona markazining ayni damda 19 ming nafardan ziyod foydalanuvchisi bor. Yaqin oylar ichida ular soni yanada ko‘payishi kutilyapti. Negaki, markaz joylashgan binoda rekonstruksiya ishlari poyoniga yetayapti, xodimlar va foydalanuvchilar uchun zamonaviy shart – sharoitlar yaratilmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring