Bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan — Prezident

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari shuncha saʼy-harakatlarga, Qoraqalpogʻistonga ajratilayotgan katta-katta mablagʻlarga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.
«Chunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar «xalqni rozi qilish» degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan», dedi Prezident.
Bugungi kunda ham aholi oʻrtasida ichimlik suvi, ichki yoʻllar, elektr taʼminoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.
Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topmasdan yotgani koʻrsatib oʻtildi.
“Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga halol xizmat qilish oʻrniga farovonligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni samarasiz sarflash, yaratib berilgan imkoniyatlarni ishga solmaslik, el-yurt uchun jonini berib ishlamaslik holatlariga yoʻl qoʻyib kelmoqda”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring