Bu Andersson “Uzauto Motors”ga bosh direktor etib tayinlandi
«Oʻzavtosanoat» AJ Bu Anderssonni “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ larning bosh direktori etib tayinladi.
Xabarga koʻra, Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri boʻlmish Bu Andersson avtomobilsozlik sohasidagi eng ilgʻor top-menedjer boʻlib, avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning “Saab Automobile AB” kompaniyasida boshlagan.
1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli raxbar lavozimlarni egallagan va 2001-2009-yillarda “General Motors«ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan.
2009-yildan 2013-yilgacha “Gruppa GAZ” korxonasiga prezident etib tayinlanadi. Bu davrda Andersson “Gruppa GAZ” biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishadi.
2014-yildan 2016-yilgacha “AvtoVAZ” OAJ prezidenti etib tayinlanadi. “Gruppa GAZ”da boʻlgani kabi, Andersson “AvtoVAZ”da ham toʻliq transformatsiyani amalga oshirdi.
“AvtoVAZ”ni tark etgach, Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan “Yazaki Europe, Africa, North & South America” korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qiladi.
Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bu Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010-yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi. 2011-yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar boʻyicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi.
2012-yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti boʻlgan “Automotive Supply Chain«dan “GAZ Gruppasi”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini taʼminlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor boʻladi.
Maʼlumot uchun: “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi davlatga qarashli «Oʻzavtosanoat» AJning yirik shoʻba korxonalari boʻlib, “General Motors” bilan texnik litsenziya shartnomasi asosida “Chevrolet” yengil avtomobillarini ishlab chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring