Braziliyada UFC jangchisi pichoqlab oʻldirildi

23:47 23 Yanvar 2022 Sport
1034 0

Foto: mmafighting.com

Braziliyada cobiq UFC jangchisi Maykel Falkan pichoqlanishi oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda MMA Fighting xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sportchi hujumga uchragan va bir nechta pichoq jarohati olgan. Falkan kasalxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Falkan oxirgi marta oktagonga 2019-yilning 14-dekabrida Krepost Fighting Championship turniri doirasida chiqib, rossiyalik Sergey Romanovga yutqazgan edi. 

Falkan UFCdagi yagona jangini 2010-yilda Jerald Xarrisga qarshi oʻtkazib, gʻalabaga erishgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?