Bojxona qoʻmitasining sobiq rahbari 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi 16 may kuni Davlat bojxona qoʻmitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Muidjon Tohiriy Jinoyat kodeksining 167-, 207-, 209-moddalari boʻyicha aybdor deb topildi. Sud tomonidan u 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi hamda eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida(81,1 mln. soʻm) jarima toʻlashga hukm qilindi. U uch yil davomida rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum boʻldi.
Muidjon Tohiriy qamoqqa olingani 2018 yil dekabr oyida maʼlum boʻlgandi. U DBQ rahbari lavozimida 2016 yilning dekabridan 2018 yilning fevraliga qadar ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring