“Bojxona organlarida axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirish” boʻyicha yangi oʻquv kursi oʻz ishini boshladi
Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida “Bojxona organlarida axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirish” boʻyicha yangi oʻquv kursi oʻz ishini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur kursning ochilishida DBQ raisining birinchi oʻrinbosari I.Muxtorov ishtirok etdi.
Kursda asosiy eʼtibor bojxona organlarida axborot tahliliy faoliyatning hozirgi holati, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarga qaratiladi.
Shu maqsadda tahlil tamoyillari, tadqiq etish uslublari va bosqichlari, tizimli tahlil va modellashtirish yuzasidan tinglovchilarga yangi bilimlar taqdim etiladi.
Ishonamizki, mazkur kurs bojxona organlarida “Raqamli bojxona” konsepsiyasini amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring