Bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyati takomillashtirilmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining ellik toʻrtinchi yalpi majlisida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mazkur Qonun bilan bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalari sohasi tartibga solinmoqda.
Xususan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga vakolatli davlat organini bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatini amalga oshirishlari toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, vakolatli davlat organini xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganlik hamda xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Jumladan, bojxona brokeri sifatida hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qilmaslik uchun BHMning 20 baravari miqdorida jarima qoʻllash belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish va bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishda mavjud qoidabuzarliklarning oldi olishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan alohida qayd etildi.
Muzokaralardan soʻng Qonun maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring