Boyovut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Uralova Dilfuza Jumanovna boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 29-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bir qator tashkiliy masalalar koʻrildi.
Xususan, shu kunga qadar tuman hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Uralova Dilfuza Jumanovna boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan Hazratqulov Niyoz Namazboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan tashqari, sessiyada 2026-yilgi tuman mahalliy byudjeti tasdiqlandi hamda deputatlar tomonidan byudjet daromadlari va xarajatlarining prognoz koʻrsatgichlari atroflicha muhokama qilindi.
Deputat Isanov Oblaqul Turdiqulovich Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashi raisi lavozimiga saylandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevich Uychi tumaniga, Karabayev Adham Jakbaraliyev Yangi Namangan tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring