Boʻstonliqda nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi oʻtkazildi — Fotoreportaj

16:36 30 Iyun 2025 Jamiyat
199 0

Joriy yilning 28-iyun kuni Boʻstonliq tumanidagi “Olmos” dam olish maskanida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 7-17 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida va Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi koʻmagida tashkil etilgan.

Mazkur tadbir doirasida bolalar oʻrtasida rasm chizish boʻyicha ijodiy bellashuvlar, turli janrlardagi asarlardan iborat sanʼat koʻrgazmasi hamda aql-zakovatni sinaydigan shaxmat musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqada ishtirok etgan har bir bola gʻolib sifatida eʼtirof etilib, ularga tantanali ravishda noutbuk va diplomlar topshirildi. Shuningdek, bolalar va ularning ota-onalari uchun bayram konserti va dasturxoni tuzaldi.

Bundan tashqari, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi oʻrtasida kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер