Bosniya va Gersegovinaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Ivan Orlich Bosniya va Gersegovinaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegramʼdagi kanalida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 9-dekabr kuni Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirligida Bosniya va Gersegovinaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi Ivan Orlich bilan uchrashgan va ishonch yorligʻini qabul qilgan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni yanada jadal rivojlantirishga boʻlgan samimiy intilishni qadrlaymiz. Darhaqiqat, ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy sohada samarali hamkorlik qilish uchun koʻplab imkoniyatlarni koʻrmoqdamiz. Janob elchiga mamlakatdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deydi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring