Bosimga uchragan oʻqituvchi murojaati ijobiy hal etildi

15:58 13 Aprel 2023 Jamiyat
434 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Tumandagi maktablardan birida matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining soʻzlariga koʻra, shu maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ish boshlaganidan buyon yigʻishlarda uni obroʻsizlantirishgat harakat qilib kelgan va unga bosim oʻtkazish orqali dars soatlarini oʻz tanishlariga oʻtkazib bergan.

Fuqaro O.Q.ning murojaati nazoratga olinib, viloyat Xalq talimi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda oʻrganildi. Oʻrganish davomida direktor oʻrinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan oʻquv soatlari oʻziga qaytarildi.

Bugungi kunda maktab direktori oʻrinbosari esa, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?