Bosh vazir oʻrinbosari UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasi yigʻilishining 65-sessiyasida Registondan turib qatnashdi

Foto: O'zA
Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yigʻilishiga Samarqand mezbonlik qildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida boʻlib oʻtdi.
Pandemiya bilan jahondagi vaziyat sabab onlayn videokonferensiya shaklida oʻtgan tadbirda 40 dan ortiq davlatning turizm va sohaga oid vazirlik hamda idoralari vakillari ishtirok etdi.
UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasi yigʻilishi 65-sessiyasining asosiy mavzusi pandemiyaning turizmga taʼsiri va uning oqibatlaridan tiklanish masalasiga qaratildi.
Tadbir Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduxakimov hamda mintaqaviy komissiya raisi – Gretsiya Turizm vaziri Garri Teoxaris nutqlari bilan ochildi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha sohalari, jumladan turizm sanoati oldida misli koʻrilmagan imkoniyatlar ochildi, – dedi Aziz Abduhakimov va ishtirokchilarni Oʻzbekistonda pandemiya davrida sohani rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shu oʻrinda u davlat rahbarining 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni va “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga toʻxtalib oʻtdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda turizm sektorining ijtimoiy himoyasiga katta eʼtibor qaratilayotgani eʼtirof etildi. Gid va ekskursiyachi xizmatlarining oʻz-oʻzini band qiluvchi shaxslarning shugʻullanishi mumkin boʻlgan soliqdan xoli faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilishi, ularning pensiya yoshiga yetganda pensiya nafaqasini olishi shular jumlasidandir. Shu bilan birga, noyabr oyining “uchinchi yosh turizmi” oyi sifatida tanlanishi ham alohida oʻringa ega boʻlib, bu oyda keksalar uchun maxsus turistik paketlar ishlab chiqilib, imtiyozlar taqdim etiladi.
UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili nutqidan soʻng Yevropa departamenti direktori Alissandra Priante COVID-19 davrida Yevropada olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi tashabbuslarga doir maʼlumot berdi. Shu bilan birga, yigʻilishdan “COVID-19”ga javob siyosati” mavzusida vazirlararo muhokamalar hamda UNWTO va Xalqaro moliya korporatsiyasining yashil moliyalashtirish instrumenti mavzusidagi maʼruzalari oʻrin oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring