Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkin
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy hamkorlikning bir qator tartiblari belgilanmoqda. Qayd etilishicha, endilikda xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish haqida Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oliy sudga iltimosnoma kiritilishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, iltimosnoma ozodlikdan mahrum etilgan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha, doimiy yashash joyi boʻlmaganda esa, Oʻzbekiston hududida oxirgi roʻyxatga olingan joyi boʻyicha jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, mahkum va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllangan shaxsni berish va qabul qilishga ularning, qonuniy vakili yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek, Bosh prokuratura yoki xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan berilayotgan shaxs yoxud uning qonuniy vakilining roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi ham mumkin.
Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi bilan mahkum va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllangan shaxsni berish Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosarining qarori, ularni qabul qilish esa, sudning ajrimiga asosan amalga oshirilishi ham koʻzda tutilgan.
Avvalroq, Raqobat qoʻmitasi barcha davlat va nodavlat telekanallarga koʻrsatma xati yuborgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring