Bosh prokuratura Toshkentda hovuzda choʻkkan bolalar boʻyicha maʼlumot berdi

19:36 12 Iyul 2025 Jamiyat
287 0

Avvalroq Toshkent shahrida 7 nafar bola xonadondagi hovuzda choʻkkani, ulardan ikki nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holatlar prokuratura organlari tomonidan oʻrganildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Aniqlik kiritilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joriy yilning 12-may kunidan 10-iyul kuniga qadar Toshkent shahrining turli hududlardagi yashash manzillaridan 7 nafar voyaga yetmagan bolani choʻkishi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushgan.

Shundan 4 nafar voyaga yetmagan bolaga davolanishdan soʻng yashash manzillariga ruxsat berilgan, 2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, shundan 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Shuningdek, 1 nafar bola qarovsiz qolishi oqibatida xonadondagi basseynga tushib ketib vafot etgan. Bola tibbiy muassasaga olib borilgan vaqtda unda biologik oʻlim qayd etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер