Bor boʻladigan qilsang ishlaysan. “Joʻq” boʻlsa oʻzing ham “joʻq” boʻlasan, tamom — Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston temir yoʻllari” rahbarlarini qattiq ogohlantirdi

15:50 20 Avgust 2021 Siyosat
4516 0

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvda davlat rahbari “temiryoʻl monopoliyasi” haqida keskin fikrlarni aytib oʻtdi.

«Raqobat kirmasa, temiryoʻl monopoliyasini topshirmaydi, sifati oʻzgarmaydi, narxi kamaymaydi. 5 yil oʻrgandik uni raqamlashtirish boʻyicha Germaniyadan odamlarni olib kelganman. Germaniyaliklarga ham bular bas keladi, “Temiryoʻlchilar”.

Ular kelib bizdan oʻrgansin deydi bir-ikkita noinsoflar bor. Ogʻir lekin endi Hosilov (Hosilov Xusnutdin “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi)ga oʻxshagan kattakonlar dunyoqarashi oʻzgarmasa, uni oʻzgartirishga majbur boʻlaman. Shuning uchun yana 1 yil sinov ularga.

E, kelmaydi, bizga xususiy sektorlar deganlar notoʻgʻri gapiradi. Oʻzing tashkil qilasan. Oʻzing kredit olasan, oʻzing banklarga yalinasan, ikkita, uchta xususiy sektorni kirgizsang, juda koʻp logistika katta katta davlatlarda kompaniyalar bor, oʻshalarni olib kelasan Oʻzbekistonga. Ular raqobatchi boʻlib kiradi. Keyin ular seni monopoliyangni yoʻq qilish uchun arzonroq, tezroq sifatli qilib, joy-joyiga olib beradigan vagondan tushirib oʻzini mashinasida tadbirkorni “skladi”ga olib borib beradigan qiladi. Qiladi dunyoda borku!

A bizda faqat bu “temiryoʻl” joʻq (yoʻq) deyishni biladi. Joʻq (yoʻq) deydi. Hamma narsa joʻq (yoʻq). Bor boʻladigan qilsang ishlaysan. Joʻq (yoʻq) boʻlsa oʻzing ham joʻq (yoʻq) boʻlasan, tamom», dedi davlat rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер