Boquvchisini yoʻqotganlik uchun qancha miqdorda pensiya olishi mumkin?

12:06 07 Yanvar 2026 Jamiyat
250 0

Pensiya jamgʻarmasi boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish uchun ariza topshirgan fuqarolar qancha miqdorda pensiya olishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, qonunchilikka muvofiq boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchining ish staji va ish haqidan kelib chiqib tayinlanadi.

Ushbu pensiya miqdori qancha boʻlishi vafot etgan boquvchining mehnat faoliyati davridagi ish staji va ish haqiga bogʻliq boʻladi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 820 ming soʻm etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?