Boliviyadagi “zombi” uygʻongani rostmi?
Boliviyadagi mashhur “zombi” vulqon – Uturunku haqida olimlar uzoq yillik sirni ochishga muvaffaq boʻlishdi. Xalqaro ilmiy guruh — Xitoy, Buyuk Britaniya va AQSH olimlari birgalikda olib borgan tadqiqotlar natijasida ushbu vulqonda roʻy berayotgan silkinishlar va yer deformatsiyasiga magma emas, balki suyuqliklar toʻplanishi sabab boʻlayotgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari PNAS jurnalida chop etildi.
Uturunku vulqoni And togʻlarining markazida joylashgan boʻlib, soʻnggi marta 250 ming yil oldin otilgan. Shunga qaramay, u hozirgacha faol belgilarga ega: yer silkinishlari, gaz chiqishi va oʻziga xos “sombrero” shaklidagi deformatsiya – markaziy qismi koʻtarilib, atrof hududlar choʻkmoqda. Bu holat mahalliy aholi uchun doimiy xavotir manbai boʻlib, har qanday portlash katta talafotlarga olib kelishi mumkin.
Tadqiqotda 1700 dan ortiq zilzila signalidan foydalanilgan va ularning yordamida Uturunku ostidagi yer qatlamlari “seysmik tomografiya” usuli orqali 3D shaklda tahlil qilindi. Bu texnologiya inson organizmini kompyuter tomografiyasi orqali tekshirgan kabi, yer osti qatlamlarida turli zichlikdagi materiallar orqali oʻtadigan toʻlqin tezligini oʻlchaydi. Natijada, yerosti suyuqliklarining krater ostidagi harakati va ularning toʻplanishi aniqlandi.
Mutaxassislar aytishicha, hozircha Uturunku vulqonida haqiqiy portlash xavfi past. Ammo bu holat boshqa faol boʻlmagan, biroq tiriklik alomatlari koʻrinayotgan 1400 dan ortiq vulqonlar uchun dars boʻlishi kerak. Yangi uslublar vulqon xavfini baholashda muhim burilish yasashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring