Bolgariyada choʻkib ketgan oʻzbekistonlikning jasadi olib chiqildi
Videodan kadr
Kecha, 8-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida doʻstlari bilan choʻmilishga borgan 22 yoshli oʻzbekistonlik talaba qoyatoshlar orasiga qisilib qolib, halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadi suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida choʻkayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chogʻida halok boʻlgan 22 yoshli J.M.ning jasadi hodisadan 2 kun oʻtib, bugun, 9-avgust kuni Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, hozirda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrmoqda.
Voqea joriy yilning 7-avgust kuni Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida yuz bergan. Toshkent viloyatida yashovchi 22 yoshli J.M. choʻkayotgan ukrainalik qizni qutqarishga harakat qilish jarayonida kuchli toʻlqinlar taʼsirida nazoratni yoʻqotgan va suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolgan.
Burgas viloyati Sozopol shahar hokimiyati va FVB tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan vaqt davomida dengizdagi kuchli toʻlqinlar sababli marhum jasadini qoyatoshlar orasidan olib chiqish ishlari juda qiyin tus olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring