Bolajonlarga Prezident sovgʻalari topshirildi
Foto: Iroda Oripova
Buxoro viloyat musiqali drama teatrida Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirishga bagʻishlangan marosim oʻtkazildi. Tadbirda oilaviy mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolganlar, Vatanimiz tinchlik- osoyishtaligini saqlash yoʻlida qurbon boʻlgan yurt fidoyilarining farzandlari, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar bolalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Marosimda viloyat hokimi B. Zaripov soʻz olib, bolajonlarni, barcha-barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan qutladi, yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.

— Mamlakatimizda chindan ham davlatimiz va xalqimiz eʼtiboridan chetda qolgan bolaning oʻzi yoʻq, — deydi tadbir qatnashchisi, Kogon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari oʻrinbosari Aziza Avezova. — Buni tumanimiz yoshlari misolida ham koʻrishimiz mumkin. Ushbu tadbirda kogonlik yetti nafar chin yetim ishtirok etyapti. Ular qarindosh-urugʻlari qoʻlida tarbiyalanmoqda. Barchasi “mehr daftari”ga kiritilgan. Shu asosda ularga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari, oʻquv jihozlari ajratilmoqda. Bu yoshlarning ertangi kundan koʻngillari toʻq.
Yangi yil bayramini orziqib kutgan, katta orzu-umidlar bilan yashayotgan bolajonlarga Prezident sovgʻalari topshirildi. Ular buxorolik 538 nafar oʻgʻil-qizga moʻljallangan boʻlib, 17 turdagi shirinliklar, kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasidan iborat. 12 yoshdan katta tarbiyalanuvchilar uchun sovgʻalar qatorida planshet ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi yil bayram tabrigi esa bolajonlar yodida bir umr muhrlanib qoladi.

Marosim yakunida “Yangi yil quvonchi” deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring