“Bolangni oʻldiraman”: Arsenal klubi futbolchisining xotiniga tahdid qilishmoqda
Kay Xavertsning homilador xotini ijtimoiy tarmoqlar orqali jiddiy tahdidga uchradi. Bu haqida “BBC” nashri xabar berdi.
“Arsenal” jamoasi yakshanba kuni Angliya kubogida “Manchester Yunayted”ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etganidan soʻng “Arsenal” hujumchisi Kay Xavertsning rafiqasi ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdidli xabarlar olganini maʼlum qilgan. Ular orasida “Umid qilamanki, sen abort qildirasan”, “Hazillashmayapman, men uyingga borib, bolangni oʻldiraman” kabi xavotirli tahdidlar ham boʻlgan.
Kay Xaverts oʻsha oʻyinda deyarli boʻsh qolgan “MYU” darvozasiga gol kirita olmagan hamda yakunda penaltidan ham foydalana olmagan edi. Ushbu tahdidlarga futbolchining oʻyindagi salbiy harakatlari sabab boʻlgan, deyiladi xabarlarda.
“Kimdir bunday xabarlarni joʻnatish mumkin deb oʻylashi meni hayratga soladi. Nima deyishni ham bilmayman. Yigitlar uyaling”, — deb yozadi futbolchining rafiqasi Sofiya Haverts.
Hozirda, “Arsenal” klubi ushbu holat yuzasidan, tahdidli xabarlar yuborgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini aniqlash uchun politsiyaga shikoyat xati kiritgan.
Maʼlumotlarga koʻra, futbolchi va rafiqasi 2018-yildan beri birga boʻlib, 2024-yilda turmush qurishgan.
Eslatib oʻtamiz, futbol tarixida futbolchilarning oʻyindagi yomon harakatlari sabab turli tahdidlarga uchrash holatlari kuzatilib turadi. Shunday tahdidlardan biri oʻlim bilan yakunlangan.
1994-yilgi Jahon Chempionati nimchorak finalida Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Andres Eskobar oʻz darvozasiga gol urib qoʻyadi. Natijada Kolumbiya magʻlubiyatga uchraydi hamda turnirni tark etadi. Besh kundan soʻng esa Andres Eskobarni oʻz mashinasida otib ketishadi. Qotil har oʻq uzganda “gol” deya takrorlagan, deyiladi xabarlarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring