Bolalar va yoshlar huquqlari himoyasi: muammolar va takliflar

18:33 11 Iyun 2024 Jamiyat
117 0

Adliya vazirligida «Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar» mavzuidagi davra suhbati oʻtkazildi.

Asosiy maqsad – bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilinishning amaldagi holati, qonunchilikdagi boʻshliqlar, amaliyotdagi muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari va takliflarni muhokama qilishdir.

Davra suhbatiga 20 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, jumladan, 10 dan ortiq tashkilotlar ekspertlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbirga «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat tashkiloti Oʻzbekistondagi filiali hamda YUNISEFning Oʻzbekistondagi bolalar huquqlarini himoya qilish boʻlimi vakillari ham jalb etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlari, start berilgan loyihalarga toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, Adliya vazirligi tomonidan «Bolalarni zoʻravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan takomillashtirilgan holda qayta ishlanib, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilmoqda.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2024 – 2034-yillarda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.

Vazirlik tomonidan bolalarga ularning huquqlarini sodda koʻrinishda, yaʼni bola tilida tushuntirib beradigan «bolahuquqlari.uz platformasi ishga tushirilgan va platformada bolalarning huquqlari bilan bogʻliq maʼlumotlar joylashtirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, vakolatli idoralar tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish yoʻnalishini takomillashtirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar koʻrib kelinayotgan boʻlsa ham ijtimoiy munosabatlarning kun sayin rivojlanib borishi boshqa sohalar kabi ushbu sohani ham yanada takomillashtirib borishni va vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etib borishni talab qiladi.

Ishtirokchilari bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilinishning amaldagi holati, amaliyotdagi muammolar, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish uchun amaliy va samarali yechimlarni taklif qilish maqsadida oʻz fikri va munozaralarini bildirdilar. Davra suhbati konstruktiv muloqot va oʻzaro hamkorlik ruhida oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер