Bolalar saratoni boʻyicha Oʻzbekiston tashabbusi – global sogʻliqni saqlash kun tartibida muhim qadam — The Lancet
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonning bolalar saratoniga qarshi kurashish yoʻnalishida ilgari surgan tashabbusi dunyo miqyosida global sogʻliqni saqlash kun tartibining muhim qismi sifatida qayd etildi va yuksak baholandi.
Dunyodagi eng nufuzli va eng koʻp iqtibos keltiriladigan “The Lancet” tibbiyot jurnalida maqola chop etilishi Oʻzbekiston ilmiy va gumanitar tashabbuslarning global xaritasida munosib oʻrin egallayotganining yorqin dalilidir.
“The Lancet” — yetakchi ekspertlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar eʼtiboridagi nashr. Uning sahifalarida maqola chop etilishi mavzuning nafaqat yuqori ilmiy qiymati, balki jahon kun tartibi uchun dolzarbligini anglatadi.
Maqolada aynan Oʻzbekiston bolalar oʻrtasidagi onkologik kasalliklarga qarshi kurashish, zamonaviy tibbiyotni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida tizimli ishlayotgan davlat sifatida boshqa mamlakatlarga oʻrnak qilib koʻrsatilgani alohida ahamiyatga ega.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi qabul qilingani, Toshkent shahrida Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab tashkil etilayotgani qayd etilgan.
Shu tarzda, “The Lancet” jurnalida chop etilgan maqola Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan, ochiq va masʼuliyatli davlat sifatida obroʻsi oshib borayotganini va global muammolarni hal etishga salmoqli hissa qoʻshishga qodir ekanligini tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring