Bolalar milliy tibbiyot markazida qanday noyob amaliyotlar oʻtkazilmoqda?
Bolalar milliy tibbiyot markazi — mamlakatimizning eng ilgʻor tibbiyot muassasalaridan biri.
2023-yilning oʻtgan davrida kichik yoshli bemorlarda ilk bor umurtqa pogʻonasi qiyshiqligi (skolioz) kasalligini radikal korreksiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, hozirgacha 30 ga yaqin bolada ushbu operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Vaholanki, bugunga qadar mazkur amaliyotlar Turkiya va Hindiston davlatlarida 20-25 ming AQSH dollari evaziga amalga oshirilib kelingan.
Shuningdek, joriy yil markazda birinchi marta bolalarda buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi mahalliy mutaxassislar ishtirokida bajarildi.
Qolaversa, shu yil iyul oyida Oʻzbekistonda ilk bor oqqon kasalligiga chalingan bolalarda suyak koʻmigi autotransplantatsiyasi amaliyoti Hindiston va Belarus davlatlaridan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Mazkur muolaja Turkiya va Belarus davlatlarida 120-170 ming AQSH dollari evaziga qilinishini inobatga olsak, ushbu amaliyotning yoʻlga qoʻyilishi mamlakatimiz tibbiyotida erishilgan katta yutuqlardan biri boʻldi.
Hozirgi kunda suyak koʻmigi autotransplantatsiyasi amaliyotini yiliga 70 tagacha yetkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yil Oʻzbekiston tarixida ilk bor Nukus shahrida bir kunlik chaqaloqda markaz mutaxassislari ishtirokida tugʻma nuqson hisoblangan Ekstrafiya va Epispadiya kompleks kasalligi jarrohlik yoʻli bilan davolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring