Bolalar kitobxonligini rivojlantirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi

19:52 27 Mart 2023 Madaniyat
1140 0

Foto: Arxiv surat

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyasi tadbiri 2023-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida boshlanadi.

Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad, bolalar uchun moʻljallangan badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni chop etish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish va ulardagi mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.

Eslatma: Mazkur madaniy tadbirda bolalar kitobxonligini ommalashtirishda oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan, ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etishni istagan barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?