Bokschimiz Otabek Xolmatov bir yillik tanaffusdan soʻng ringga qaytmoqda
Yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq daʼvogar, oʻzbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov ringga qaytmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Unga koʻra, Xolmatov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ishtirok etadi. Unga oʻsha kuni filippinlik bokschi Jeyson Kanoy raqiblik qiladi.
“Hamyurtimiz hozirda mazkur jang uchun AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida Bektemir Meliqoʻziyev, Murodjon Ahmadaliyev kabi oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Otabek Xolmatov faoliyati davomida 13 ta jang oʻtkazib, 12 gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etgan. U soʻnggi jangini oʻtgan yilning mart oyida vakant boʻlib turgan WBA kamari uchun Raymond Fordga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Xolmatovning boʻlajak raqibi, filippinlik Jeyson Kanoy hisobida esa 30 gʻalaba, 12 magʻlubiyat va 2 ta durang mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring