Boks. Oʻzbekistonlik 5 nafar bokschi Jahon chempionati finaliga yoʻl oldi

Foto: Oʻzbekiston boks federatsiyasi
Ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida “World Boxing” shafeʼligidagi birinchi Jahon chempionati oʻtkazilmoqda. 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi ishtirok etayotgan ayni musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham munosib qatnashmoqda.
Xususan, Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha dunyo birinchiligining ortda qolgan kunida (12-sentyabr) Oʻzbekiston termasining 8 aʼzosi ringga koʻtarilib, ularning 7 nafari gʻalabaga erishdi.
Chorak finallar:
-48 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova italiyalik raqibi Jovanna Marcheseni 5:0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi;
-50 kg vazn toifasida jang olib boradigan Shodiyorjon Meliqoʻziyev Yaponiya vakili Soushi Makinoga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi;
-85 kg vazndagi oʻzbekistonlik bokschi Akmaljon Isroilov Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Rikardo Fresnedani 5:0 hisobida magʻlub qilib, yarim finalga yoʻl oldi.
Yarim finallar:
-65 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova Xitoy Taypeyi vakili Niyen Chin ustidan 3:2 hisobida ustun kelib, musobaqa finalini naqd qildi;
-60 kgda Abdumalik Halokov yaponiyalik Shunsuke Kitamotoga qarshi jangda 5:0 hisobi bilan gʻolib deb topildi;
-75 kg vazn toifasida jang olib boruvchi Fazliddin Erkinboyev Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon)ni 4:1 hisobida taslim etdi;
-90 kgda ringga koʻtarilgan 21 yoshli bokschi Toʻrabek Habibullayev Ispaniya vakili Enmanuyel Reyes Plani 4:1 hisobi bilan magʻlubiyatga uchratdi;
+90 kg vaznda bahslarga kirishadigan Jahongir Zokirov Danabiyeke Bayikevuzi (Xitoy)ni 5:0 koʻrinishidagi hisob bilan musobaqadan chiqarib yubordi.
Bugun, 13-sentyabrda kun davomida yarim final va final janglari tashkil etiladi. Ortda qolgan kun chiroyli gʻalabaga erishgan Fazliddin Erkinboyev bugun Jahon chempionligi uchun ringga koʻtariladi. Shuningdek, yana 6 nafar oʻzbekistonlik bokschi yarim final bahsini oʻtkazadi. Juftliklar bilan tanishing:
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova — Nazim Kizaybay (Qozogʻiston);
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Lasha Guruli (Gruziya);
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Gabriel Veochich (Xorvatiya);
-51 kg: Feruza Kazakova — Buse Naz Chakiroglu (Turkiya);
-70 kg: Aziza Zokirova — Lakeysha Pergoliti (Avstraliya);
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Mixail Fares (Avstriya).
Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kivan Rami (Bolgariya).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring