Boks boʻyicha 10 nafar hamyurtimiz Jahon chempionati yarim finaliga yoʻl oldi

13:51 23 Noyabr 2022 Sport
271 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

Ayni kunlarda Ispaniyada boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishmoqda.

Kecha 4 nafar vakilimiz chorak final oʻtkazdi va natijalarini qayd etdi:

-80 kg vaznli bokschimiz Rahmatillo Boymatov chorak finalda gretsiyalik raqibini 4:1 daraja, -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov Marokash vakilini magʻlubga uchratishdi. -75 kg vazn darajasida Sahobat Husanova 2-raundda ekvadorlik raqibasini texnik nokautga uchratdi. -71 kg vazn darajasida Fazliddin Erkinboyev turkiyalik raqibidan ustun keldi.

Avvalroq, -48 kg vaznli Gulsevar Gʻaniyeva Xitoy Taypeyi vakilasini 5:0 darajasi, -54 kg vaznli Xoʻjanazar Nortojiyev irlandiyalik raqibini magʻlub etgan edi. -67 kg vazn darajasida Javohir Ummataliyev armanistonlik bokschini, -70 kg vazn toifasida Aziza Zokirova qozogʻistonlik raqibasini katta ustunlik evaziga magʻlubga uchratishdi. -81 kg vazn darajasida Oltinoy Sotimboyeva polshalik raqibasidan 3-raundda ustun keldi. -75 kg vazn darajasida Toʻrabek Xabibullayev armanistonlik raqibini 2-raundda texnik nokautga uchratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?