Boysundagi konda sodir boʻlgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi

17:26 18 Sentyabr 2024 Jamiyat
546 0

Foto: Eriell Group

Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25-yilligi” gaz konida 17-sentyabr, seshanba kuni sodir boʻlgan yangi avariya oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovga tayanib, “Газета.uz” xabar berdi.

Unga koʻra, halok boʻlganlar mazkur konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari boʻlgan. Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

“Bir kun avval Boysun tumanidagi bir nechta manbalar, jumladan, shifoxona xodimlari toʻrt kishi halok boʻlgani haqida xabar bergan edi. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan bir necha jabrlanganlar bor. Ularning hammasida ham kasalxonaga yotqizish zarurati boʻlmagan. Soat 16:00 holatiga koʻra shifoxonada bir nafar ishchi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 18-sentyabr kuni AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumani Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Oʻktam Oʻtayev hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgani, shuningdek, yana bir necha fuqaro jabrlanganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер