BMTning Gʻazo sektoridagi gumanitar operatsiyasi toʻxtatilmoqda
Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA)ning Gʻazo sektoridagi gumanitar operatsiyasi energiya resurslari yetishmasligi sababli toʻxtatiladi. Bu haqda UNRWA rahbari Filipp Lazarini maʼlum qildi.
“Ikki milliondan ortiq odamning hayoti bogʻliq boʻlgan Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami bosqichma-bosqich tugatilmoqda, chunki 7-oktyabrdan beri Gʻazo sektoriga yoqilgʻi yetkazib berilmayapti”, dedi Lazarini.
Qayd etilishicha, agentlik uch hafta oldin yoqilgʻi zahiralarining tez tugashi va uning tanqisligi haqida ogohlantirgan.
Lazzarini, shuningdek, energiya resurslaridan urush quroli sifatida foydalanishni keskin qoraladi.
Avvalroq, Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Gabash BMTning Yaqin Sharq agentligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti anklavdan olib chiqilishini maʼlum qilgandi. Unga koʻra, BMT agentliklari Isroilga boʻysungan va anklavni tark etgan.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Oldinroq, HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Usama Hamdan 7-oktyabr, mojaro avj olganidan beri Isroil Gʻazo sektoriga 35 ming tonna portlovchi moddani tashlaganini maʼlum qilgan edi.
Shuningdek, u AQSH va shaxsan prezident Jo Baydenni Gʻazo sektoridagi ommaviy qotilliklarda aybladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring