BMT Bosh kotibi birinchi oʻrinbosari Oʻzbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi
2022-yilning 8-iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad Oʻzbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, gender tengligini taʼminlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish hamda yana bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni samarali taʼminlash, bir soʻz bilan aytganda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalindi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish Ombudsman institutining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.
Samimiy suhbat chogʻida gender tengligi sohasida xalqaro hamjamiyat tajribasi va qoʻllab-quvvatlashi yordamida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring