BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrif buyuradi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Euronews.
Tashrif 18-avgustga belgilangan. BMT Bosh kotibi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan uchrashish uchun Lvovga keladi.
Tomonlar Zaporojye AESdagi vaziyat va Ukraina gʻallasini dengiz orqali eksport qilishni muhokama qiladi. Shundan soʻng Guterrish Odessaga yoʻl oladi.
Zaporojye viloyatida atom elektr stansiyasi tufayli keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Jumladan, tinimsiz oʻqqa tutilayotgani sababli yadroviy falokat xavfi mavjud.
Joriy yilning 28-aprel kuni Antoniu Guterrish urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga tashrif buyurgandi. Keyin u Borodyanka, Bucha va Irpinga ham tashrif buyurgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring