Blinken Isroilning xohishiga qarshi gapirdi
Foto: inbusiness.kz
Bayden maʼmuriyati Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaroga barham berish uchun Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga intilmoqda. Shunga qaramasdan, Yaqin Sharqda Isroil tomonidan uyushtirilayotgan soʻnggi suiqasdlar koʻzlangan maqsadga erishishni qiyinlashtirdi. “Bu harakatlar mintaqani keng koʻlamli urushga yaqinlashtirmoqda”, deb yozadi “Politico” nashri.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin vaziyatni tinchlantirishda diplomatiya muhimligini taʼkidladi. Blinkenning fikricha, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish Yaqin Sharq boʻylab keskinlikni kamaytirishning kalitidir. Tehronda HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Haniyaning oʻldirilishi bu diplomatik saʼy-harakatlarni murakkablashtirdi.
“Hamma joyda vaziyatni moʻtadillashtirish kerak. Biz istagan eng yaxshi yoʻl bu Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishdir. Menimcha, mojarolarning ortishi boshqa hududlarga ham taʼsir koʻrsatadi. Bu holat Isroil va Livan shimolida boʻladimi, Eronda boʻladimi, Qizil dengizda husiylar bilan boʻladimi, farqi yoʻq, muhimi keskinlikning barham topishi”, dedi Blinken Singapurda bergan intervyusida.
AQSH mintaqaviy mojaroning oldini olishning asosiy yechimi sifatida muzokaralarga tayanishni rejalashtirmoqda. Vashington rasmiylari, agar bu muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, hech qanday B reja yoʻqligini qayd etmoqda. Taxminlarga koʻra, Isroil ham, HAMAS ham yangi imtiyozlar talab qilar ekan, hech qanday kelishuv boʻlmaydi.
Shunga qaramasdan, Blinkenning bayonoti AQSHning pozitsiyasi Tel-Avivni yetarlicha qoʻllab-quvvatlamasligini anglatishi mumkin. Soʻnggi suiqasdlar, jumladan, “Hizbulloh” qoʻmondoni Fuad Shukrning oʻldirilishi keskinlikni oshirdi. AQSH bu holat Isroil va Eron oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri mojaroga olib kelishi mumkinligidan choʻchimoqda.
Avvalroq, Rossiya yangi xavfli dronlarini jangga chiqargani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring