Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar keldi

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

20:36 20.07.2021
“Tolibon” harakati Turkiyaga jiddiy tahdid qildi

“Tolibon” harakati Turkiya harbiylarining Afgʻonistonda qolishiga keskin qarshi chiqdi.

23:30 13.07.2021
Abdulaziz Komilov AQSH Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

2021-yilning 1-iyul kuni Vashington shahriga Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

13:01 02.07.2021
Mudofaa vazirligiga qarashli OHTMda bitiruv marosimlari oʻtkazildi

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarida ofitser boʻlishni maqsad qilib, belgilangan muddat davomida tanlagan sohalari boʻyicha taʼlim-tarbiya olgan oʻgʻlonlarning navbatdagi bitiruv tantanalari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

20:08 27.06.2021
Mudofaa vazirligi qoʻshinlari shaxsiy tarkibining jangovar shayligi sinovdan oʻtkazilyapti

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okruglarida rejaga asosan qoʻshinlarni jangovar shaylikka keltirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

23:40 24.06.2021
Eʼlonda koʻrsatilgan narx yakuniy toʻxtam emas – Mudofaa vazirligi 30 mln soʻmlik “tilla qoplamali ruchkalar” xaridi boʻyicha bayonot berdi

Bugun oʻzbek segmentidagi ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida Mudofaa vazirligi tomonidan 30 mln soʻmga xarid qilinishi rejalashtirilgan 2ta «tilla qoplamali ruchka»larga oid xabar keng muhokamalarga sabab boʻldi. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti mazkur holat boʻyicha “Xalq soʻzi”ga maʼlumot...

18:27 10.06.2021
Prezident nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan qutlovlar kelmoqda

Ushbu qutlugʻ ayyom kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda.

13:31 13.05.2021
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi oʻz yakuniga yetdi

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama bilimli, salohiyatli, barkamol avlod qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xabar qilganimizdek, mamlakatimizda joriy yildan boshlab 3 bosqichda mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilayotgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi minglab yoshlarni oʻzida birlashtirdi. Bir necha kun davom etgan musobaqaning respublika...

22:00 01.05.2021
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining yakuniy bosqich bahslari start oldi

Yoshlarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish, harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega, buyuk ajdodlarimiz kabi mard, jasur, halol, jismonan baquvvat, bilimli, vatanparvar, qiyin va ekstremal vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish koʻnikmalarini egallagan barkamol avlod etib tarbiyalash maqsadida joriy yildan mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi...

12:30 30.04.2021
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Delegatsiya aʼzolari koʻhna Buxoroning diqqatga sazovor tarixiy joylarida boʻlishdi. Xalqimiz aql-zakovati mahsuli boʻlgan osori-atiqalar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Uch ming yildan ortiq tarixga ega qadimiy shaharning ertaklardagi qasrlarni yodga soluvchi maskanlaridagi har bir manzara, har bir bezakni hayrat bilan tomosha...

14:36 28.04.2021
Pentagon Afgʻonistonga harbiy qiruvchi samolyotlarni yuboradi

Pentagon AQSH qoʻshinlarini mamlakatdan chiqib ketishini himoya qilish uchun Afgʻonistonga bombardimonchi samolyotlarni joʻnatadi va shuningdek, mamlakat yaqinida aviatashuvchi kemani joylashtiradi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

01:17 25.04.2021
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Butun musulmon olami uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

15:25 17.04.2021
Mudofaa vaziri oʻrinbosarlari 5 tadan tumanga masʼul boʻladi — Mirziyoyev

Prezident yigʻilishda har bir hokim va sektor rahbari uyushmagan yoshlarni tarbiyalash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash boʻyicha oʻz hududi tajribasini yaratishi zarurligini taʼkidladi.

19:14 13.04.2021
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining finaliga Qoraqalpogʻistondan qaysi tuman borishi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashabbusi bilan mamlakatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida mudofaa vazirining kubogi uchun anʼanaviy oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi oʻsib kelayotgan yoshlarda harbiylikka havas uygʻotib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshmoqda.

15:44 12.04.2021
SCHR: harbiy yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda davlatga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik belgilanyapti

Mazkur loyiha bilan qonun har qanday vaziyatda va barcha uchun barobar hamda bajarilishi majburiyligi prinsipi mustahkamlanmoqda. Loyiha bilan bugungacha qonuniy tartibga solinmagan ayrim holatlar uchun javobgarlik qoidalari belgilanmoqda. Jumladan, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat oʻtayotgan fuqarolarning harbiy yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda davlatga...

09:37 08.04.2021
Termizda Turkiya bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Doʻstlik—2021” maxsus-taktik oʻquvlari yakunlandi

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi Termiz dala-oʻquv maydonida Oʻzbekiston va Turkiya Respublikalari Mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan mazkur mamlakatlar Qurolli Kuchlarining maxsus boʻlinmalari bilan hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquvlariga start berilgani haqida xabar bergan edik.

19:14 25.03.2021
Mudofaa vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan polkovnik Shuxrat Gʻayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, Sh. Xolmuhammedov Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

19:48 23.03.2021
Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar Hindistonda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar hind-oʻzbek harbiy boʻlinmalari ishtirokida oʻtkaziladigan “Doʻstlik–II” oʻquvlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasi hududida joylashgan «Chaubatiya» oʻquv markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti maʼlum qildi.

18:56 11.03.2021