Bizda hozircha nufuzli musobaqalarni oʻtkazishga yetarli infrastruktura shakllanmagan — Vazir
“Tashkent city"dagi Congress Hall majmuasida «Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida «Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Jismoniy tarbiya va sport vаziri Dilmurod Nabiyev forum ishtirokchilarining savollariga javob berdi.
Iqtidorli sportchilarni topish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan biron bir ishlar amalga oshirilyaptimi? Futbol boks yoki shu kabi sport turlarida iqtidorlilar eʼtiborsiz qolib ketaveradi? Buning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda?
– “Tan olish kerak Oʻzbekistonda shu paytgacha seleksiya degan tushunchaning oʻzi boʻlmagan. Chekka-chekka hududlardagi bolalarga eʼtibor qaratadigan tizim tugul shaxslar ham boʻlmagan. Sportda, futbolda oʻzgarishlar qilish maqsadida shaxsan oʻzim vazirlik qoshida komissiya tuzib, futbol jamoasi uchun viloyatlardan, chekka-chekka hududlardan bolalarni toʻpladik. Aslida, bu ishni murabbiylar, seleksionerlar qilishi kerak edi. Afsuski, bunaqa tizim yoʻqligi uchun bu ishga shaxsan oʻzim kirishishimga toʻgʻri keldi. Kelgusida bu yoʻnalishni izga tushirib olish boʻyicha ishlarni olib boramiz”.
Futbol boʻyicha 2027-yilgi Osiyo Chempionatini qabul qilishga berilgan ariza qaytarib olindi. 2000-yilgi Sidney (Avstraliya) olimpiadasida ham ariza qaytarib olganmiz. Nega?
– “Bizda hozircha nufuzli musobaqalarni oʻtkazishga yetarli infrastruktura shakllanmagan. Shu sabab dastlab alohida sport turlari boʻyicha kichik musobaqalarni qabul qilish bilan cheklanib turibmiz” – dedi Dilmurod Nabiyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring