«Biz — jurnalistlar»: qalami oʻtkir ijodkorlarni bir joyga toʻplagan asar

Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Poytaxtimizdagi “Ibrohimbek” marosimlar uyida Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida 1990-1996-yillarda tahsil olgan kursdoshlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Qariyb oʻttiz yildan beri mamlakatimizning turli hududlaridagi ommaviy axborot vositalari hamda axborot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan kursdoshlar kunning birinchi yarmida oʻzlari bundan 28-yil ilgari taʼlim olgan Oʻzbekiston Milliy universitetiga borishdi, dargoh oʻquv xonalarida boʻlib, talabalik damlarini esga olishdi. Bilim maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ustozlarini yoʻqlashdi, ular bilan dildan suhbat qurishdi.
Kursdoshlarning uchrashuv tadbiri davomi yaqinda nashr etilgan “Biz — jurnalistlar ” kitobi taqdimotiga ulandi. Mazkur kitobga kursdoshlarning publitsistik materiallari, hikoya va sheʼrlari jamlangan boʻlib, u oʻquvchilar qalbidan joy olishiga ishonamiz.
Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida ustozlar sobiq kursdoshlarni diydor uchrashuvi bilan muborakbod etib, ular mamlakatimizdagi hududiy va markaziy ommaviy axborot vositalarida, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgani, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini alohida taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring