“Biz hech qachon hech kimning mustamlakasi boʻlmaymiz”: Delsi Rodriges Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

11:51 04 Yanvar 2026 Dunyo
387 0

Venesuela oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga prezident vakolatlari va vazifalarini vaqtincha oʻz zimmasiga olishni topshirdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur qaror xorijiy harbiy tajovuz oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatga javob sifatida qabul qilingan. Delsi Rodrigesning prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi institutsional barqarorlikni saqlash hamda tashqi beqarorlashtirish urinishlariga qaramay, Venesuela suverenitetini qayta tasdiqlashga qaratilgan.

Delsi Rodriges yangi davlat rahbari sifatida qasamyod qilar ekan, Venesuela hech qachon hech kimning mustamlakasi boʻlmasligini maʼlum qildi. U oʻz nutqida Nikolas Maduroni ozod qilishni talab qildi va AQSH qoʻshinlari tomonidan olib ketilgan siyosatchi mamlakatning yagona qonuniy prezidenti boʻlib qolishini taʼkidladi.

Shuningdek, Rodriges Venesuela oʻzini himoya qilishga tayyor ekanini, hech kimning mustamlakasiga aylanish niyati yoʻqligini va davlat suvereniteti qatʼiy himoya qilinishini maʼlum qilgan.

AQSH prezidenti “New York Post” gazetasiga bergan intervyusida, agar Delsi Rodriges Vashington istagan qadamlarni tashlasa, AQSH oʻz qoʻshinlarini Venesuelaga joylashtirmasligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер