Biz bitta kinoga 50-60 mlrd ajratiladigan darajaga kelishimiz kerak — Nazarbekov

14:06 24 May 2021 Madaniyat
1112 0

Toshkent Besh tashabbus harakati doirasida hukumat vakillari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, bloger va jurnalistlar muloqotlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda "Xalq so'zi" muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.

Xususan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan yoshlarning ochiq muloqoti oʻtkazildi. Muloqotda Ozodbek Nazarbekov Alisher Uzoqov va Akbarxoʻja kabi aktyorlarning xorijga chiqib ketgani haqida gapirdi.

«Alisher Uzoqov va Akbarxoʻja kabi aktyorlar kinoning muammolar girdobida qolgan bir davrida qaror qabul qilishdi. Haqiqatdan kinoyimizda muammolar mavjud edi.

Alisher Uzoqov va Akbarxoʻja yosh bola emas, oilali. Qaysidir maʼnoda hayot oʻzining katta-katta muammolarini oldiga qoʻyayotgan yoshda. Shuning uchun ular bu sohadan emas, umuman boshqa sohadan oʻzining hayotini yoʻlga qoʻyish maqsadida shu qarorlarni qabul qilishdi. Bu ilgari ham boʻlgan. Menimcha, bu ikki odamning chet elda faoliyat yuritishi bilan butun sanʼat jar yoqasida deyish birmuncha xato.

Kinodagi bor muammolarni tan olgan holda aytyapman, agar mutlaq barcha eshiklar yopiq boʻlganda, unda barcha kinochilar chiqib ketardi. Bor lekin qaysidir darajada qanoatlanmaydigan yoki umuman aktyorlarni qanoatlantirmaydigan bir holatlarda juda katta muammolar bor edi. Bu oʻzbek kinosidagi oxirgi davrlarda meni eshitishim boʻyicha, buni aniq raqam deya qabul qilmaysizlar taxminan meni qulogʻimga chalingani, oʻzbek kinosi uchun 1 yilda 50-70 mlrd pul ajratilgan. Lekin mana shu mablagʻ doirasida 20ga yaqin davlat buyurtmasi boʻlgan. Shuni oʻzi aytib turibdi barchasini.

Biz shunaqa darajaga kelishimiz kerakki, mana shu 50-60 mlrd 1 ta filmni byudjeti boʻlishi kerak. Shunda biz sifatga erishamiz, shunda aktyorlarimizni ham rozi qilamiz, shunda Alisher Uzoqovni Oʻzbekistonda qolishini taʼminlagan boʻlar edik», dedi vazir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?