Bitta fuqaroga beriladigan bank kartalari soni 20 tagacha cheklanishi mumkin

Bunda bitta bankdan 5 ta, barcha banklardan esa 20 tagacha bank kartalari olish mumkin boʻladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi boʻyicha meʼyor oʻrnatilayotganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgandi.
Markaziy bank matbuot xizmati bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda shu kabi maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligini bildirdi.
Bugungi kunda bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 mln.ta) 5 tagacha, 3 foiz (770 mingta) jismoniy shaxsda 5-20 gacha hamda 0,03 foizda yoki 7 mingta jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.
Fuqarolar nomiga koʻp miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, mazkur bank kartalarining bir qismidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlangan. Aksariyat holatlarda karta egasining bundan xabari boʻlmaydi.
Regulyator banklar tomonidan bitta fuqaroga beriladigan (bitta JSHSHIRga) kartalar sonini vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha cheklash masalasi koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Bunda ushbu talab virtual va kobeydjing kartalarni ham oʻz ichiga oladi, biroq chet el valyutasida ochilgan kartalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur yechim bank kartalari bilan bogʻliq shubhali operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida aholiga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, regulyator bu borada vaziyatni muntazam kuzatib borishini maʼlum qildi. Yangi talablar toʻliq tayyor boʻlgach, OAV va keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring