“Bitcoin” kursi 100 ming dollarlik chegaradan oʻtdi

14:05 05 Dekabr 2024 Dunyo
321 0

5-dekabr kuni bitkoin narxi 100 ming dollardan oshib, barqarorlashdi. Bu haqda“CoinMarketCap” maʼlumotlarida keltirilgan.

Savdoning eng yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida maxsus belgidan oʻtgan. Oradan 30 daqiqa oʻtgach, “bitcoin” uchun berilgan taklif 103 ming dollardan ham yuqorilab, shu narx atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashgan.

Xabar eʼlon qilinayotgan vaqtda token 102 ming 300 dollar atrofida sotilmoqda. Soʻnggi sutkada kurs taxminan 7,5%ga koʻtarildi, haftalik oʻsish esa biroz koʻproq — 7,7%ni tashkil etgan.

Bir qator boshqa kriptovalyutalar ham yuqorilab bormoqda. “Ethereum” bir kunda 4,8% ga qimmatlashdi, u bahordan beri birinchi marta 3850 dollarga yetdi. “Dogecoin” esa bir token uchun 45 sentga koʻtarildi. Bu bir kun oldingi narxdan deyarli 10% ga yuqoridir.

Bularga qaramay, “Solana” kriptovalyutasi 1,4% ga arzonlashdi va hozirda 235 dollardan sotilmoqda. “Toncoin” narxi ham 4% ga pastlab, 6,84 dollardan sotilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер