Birja savdolariga chiqarilayotgan benzin hajmi oshiriladi — Energetika vazirligi

10:36 20 Yanvar 2026 Jamiyat
275 0

“Oʻzbekneftgaz” AJ birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmini talabga qarab yetarli darajada oshiradi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Mazkur xabar sovuq havo oqimi natijasida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilayotgani fonida eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarning avtobenzinga boʻlgan talabini toʻliq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zaruriy choralar koʻrilgan. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

Shu oʻrinda, vazirlik, xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan toʻgʻri sotishlarini soʻragan. Taʼkidlanishicha, nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?