Birlamchi tibbiyot muassasalarida 3 mingdan ziyod oilaviy shifokorlar yetishmaydi — Shavkat Mirziyoyev

12:22 18 Mart 2022 Siyosat
764 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash dolzarb masalalardan biridir. 

Shu maʼnoda davlatimiz rahbari tibbiyot muassasalarini yetuk kadrlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarga alohida urgʻu berib oʻtdi.

«Bugungi kunda respublikamiz tibbiyot muassasalarida 8 mingga yaqin tor sohadagi mutaxassislar hamda birlamchi tibbiyot muassasalarida 3 mingdan ziyod oilaviy shifokorlar yetishmaydi.

Ayniqsa, Surxondaryo (2 ming nafar), Toshkent (1,5 ming nafar), Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida (ming nafardan) shifokorlarga ehtiyoj ancha yuqori.

Shuningdek, tizimdagi shifokorlarning 45 foizi, hamshiralarning esa, 40 foizi malaka toifasiga ega emas.
Shifokorlarni malaka oshirish kurslari bilan qamrov darajasi bor-yoʻgʻi 25 foizni tashkil etadi.

Mavjud ahvolni oʻnglash uchun, tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha, yangi tizim joriy etiladi» dedi davlatimiz rahbari.

Buning uchun, 2022-2023 oʻquv yilidan:

— tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi;

— ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik boʻyicha magistraturaga davlat grantlari 4 baravarga oshiriladi;

— 11 ta tibbiyot oliygohida olti oylik ixtisoslashgan kurslar tashkil etilib, har yili 500 nafardan oilaviy shifokorni hududlardagi eng zarur tor soha mutaxassisligi boʻyicha maqsadli oʻqitish dasturi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер