Birinchi turdayoq «Chelsi» va «Manchester Siti» qarama-qarshiligi. APLning 2024-2025-yilgi mavsumi taqvimi eʼlon qilindi

15:41 18 Iyun 2024 Sport
313 0

Arxiv surat

Angliya Premyer Ligasi (APL) rasmiy saytida Angliya chempionatining 2024-2025-yilgi mavsumining uchun taqvimi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, yangi mavsum 16-avgust kuni «Manchester Yunayted» — «Fulhem» uchrashuvi bilan boshlanadi. Soʻnggi tur 2025-yil 25-may kuniga rejalashtirilgan.

Angliya chempionatining 2024—2025-yilgi mavsumining birinchi tur taqvimi bilan tanishing:

17-avgust, shanba:

«Ipsvich» — «Liverpul»;

«Arsenal» — «Vulverxempton»;

«Nyukasl Yunayted» — «Sautgempton»;

«Nottingem Forest» — «Bornmut»;

«Vest Xem» — «Aston Villa».

18-avgust, yakshanba:

«Brentford» — «Kristal Pelas»;

«Chelsi» — «Manchester Siti».

19-avgust, dushanba:

«Lester» — «Tottenxem»

Birinchi turning markaziy bahsi Londonda «Chelsi» va «Manchester Siti» oʻrtasida boʻlib oʻtsa, «Liverpul» va «Tottenxem» Premyer Liga debyutantlariga qarshi bahs bilan turnirni boshlab oladi.

Maʼlumot uchun, Angliya Premyer Ligasining amaldagi gʻolibi «Manchester Siti» hisoblanadi. «Shaharliklar» ketma-ket uchinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritib, liga rekordini oʻrnatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер