Birinchi chorakda Samarqandda IT xizmatlar eksporti 1,7 million AQSH dollaridan oshdi

13:04 02 May 2024 Iqtisodiyot
213 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/«Xalq soʻzi». Joriy yilning birinchi choragida Samarqand viloyatidagi IT xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalar soni 36 taga yetib, ulardagi 513 nafar mutaxassis tomonidan 1 million 703 ming AQSH dollarilik xizmatlar eksport qilingan.

— Yil boshida viloyatda IT xizmatlari eksportini rivojlantirish maqsadida vazirlik hamda viloyat hokimligi hamkorligida 13 yoʻnalishdan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, — deydi Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat hududiy shuʼbasi boshligʻi Dilmurod Xoʻjamberdiyev. — Shunga muvofiq, oʻtgan vaqtda AQSHning 20 dan ziyod IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilib, Logex, Upaynet, RX2go singari istiqbolli kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Hozir ularning viloyatimizdagi boʻlimlarida 100 nafardan ziyod mahalliy yoshlar ish bilan taʼminlangan.

Qayd etilishicha, IT xizmatlari eksportini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq berilayotgan imtiyozlar sohaning izchil rivojlanishiga xizmat qilyapti.

2023-yilning dastlabki uch oyida viloyatda 12 ta IT korxonasi faoliyat yuritgan boʻlib, eksport hajmi 503 ming AQSH dollarini tashkil etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер